Testi originali
Inglese
Traduzione
Uzbeco
If
Amrnoma
Sarosima ichra butun olamon,
Boshingni ham etma,tuta ol mag’rur.
Eng yaqin do’sting ham sendan shubhada,
Mayliga,qo’l silta,yashagin masrur.
Kutishdan charchamay toqat etolgin,
Yolg’onlarga qarshi so’zlay olgin rost.
Nafrat evaziga sevgi berolgin,
Dono so’z so’zlama,bo’l o’zingga xos.
Faqat orzularga ko’milib qolmay,
Ulkan maqsadlar-la odimla olg’a .
Baxt va Baxtsizlikni qabul qil birday,
Ikkisin hamisha kulib qarshila.
Dushman tuzog’iga yiqilma aslo,
Tuhmat-u tanqidga chida,quloq sol.
Hayoting bag’shida etgan narsalar,
Barbod bo’lganida qayta qura ol
Barcha yutuqlaring etsang jamul jam,
Bir zumda borini olsalar yulib,
Zarracha pushaymon bo’lmay,hotirjam ,
Barini boshidan barpo et kulib.
Kun kelar,bizni ham tark etar quvvat,
Faqat Irodamiz deyolgay “Olg’a!” .
Kuch topsang o’zingda ana shunda baxt,
Yurak, aql va tanang bo’ysunsa senga .
Xalqning ichida yur oddiy,kamtarin,
Podshoh qarshisida unutma o’zing.
Barobar ko’rishsin do’st-u dushmaning,
Hech qaysi davrada yo’qotma o’rning.
Beshavqat vaqt uzra hukmron bo’l sen,
Soniyalar yelday uchgan bu zamon.
Shunda Butun olam egasi sensan,
Shunda o’g’lim bo’lursan,haqiqiy inson !!!

Give a shoutout to Dilrabo Koldasheva






