Orosz request for "Tomchi"

Help translate from Üzbég to Orosz song Tomchi by Rayhon
Requested by: Юлия Кузьмина Юлия Кузьмина on 24 jún 2018 - 11:11
Feliratkozás Feliratkozás
Eredeti dalszöveg
Üzbég
Fordítás
Orosz

Tomchi

Mayda-mayda osmonlardan yogʻar yomgʻir
Bilarmikan qanchalar menga ogʻir?
Yolgʻon ekan yor sevgisi bildim oxir
Kerak emas menga yorning azoblari
 
Yomgʻir, yuvib ketgin mening dardlarimni
Alam toʻla sogʻinchli ul damlarimni
Unutganday boʻlay barcha gʻamlarimni
Kerak emas menga yorning azoblari
 
Osmonlardan yogʻadi tomchi-tomchi yomgʻirlar
Afsuski ushalmaydi soʻndi, soʻndi orzular
Koʻnikishga majbur yurak, ayro-ayro taqdirlar
Seni menga eslatadi bugun oʻsha yomgʻirlar
 
Vaʼdalarga ishonganim xato boʻldi
Bu holimga kimlar kulib kimlar yondi
Eslamayman deyman lekin yomgʻir yogʻdi
Kerak emas menga yorning azoblari
 
Sevgi degan tuygʻu asli oʻyinmidi?
Undan kutganlarim faqat azobmidi?
Menga shuncha koʻz yoshlarim kerakmidi?
Kerak emas menga yorning azoblari
 
Osmonlardan yogʻadi tomchi-tomchi yomgʻirlar
Afsuski ushalmaydi soʻndi, soʻndi orzular
Koʻnikishga majbur yurak ayro-ayro taqdirlar
Seni menga eslatadi bugun oʻsha yomgʻirlar
 
 
Login or register to post translation
expand collapse Song details
Tulpar Tulpar
submitted on 21 jan 2018 - 18:53
Közreműködők:

Hozzászólások 1

Юлия Кузьмина Юлия Кузьмина A
24 jún 2018, 11:11

Юлия Кузьмина

Log in or sign up to add a comment.
Bejelentkezés Bejelentkezés Felhasználó Regisztrálj